Simeone "Arsenal" hujumchisini "Atletiko"ga olib kelmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 292

Londonning «Arsenal» hujumchisi Aleksandr Lyakazett faoliyatini «Atletiko» klubida davom ettirishi mumkin. «Matraschilar» bosh murabbiyi Diego Simeone ushbu transferga shaxsan o'zi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Ispaniya matbuoti xabar tarqatmoqda.
Simeone «Atletiko» rahbariyatiga Lyakazett bilan muzokara olib borish borasida ko'rsatma bergan. Bu bitim shu yilning iyun oyida amalga oshishi kutilmoqda.
Transfermarkt portali Lyakazettning transfer bahosini 35 million evro atrofida baholamoqda. Frantsiyalik futbolchining «kanonirlar» bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadi.

Bosh sahifaga
169