"Lokomotiv" 2,5 million evroli transferni amalga oshirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 259

Frantsiyaning «Bordo» klubi himoyachisi Pablo faoliyatini Moskvaning «Lokomotiv» klubida davom ettiradigan bo'ldi. Bu haqda «temiryo'lchilar» matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bugun braziliyalik futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tadi va shartnoma imzolaydi. Shartnoma 2024 yilning yozigacha qadar imzolanadigan bo'ldi.
Rossiya matbuotining yozishiga qaraganda, ushbu transfer 2,5 million evroni tashkil etdi.
Pablo «Bordo» tarkibida 2015 yildan beri o'ynab kelmoqda. Himoyachi frantsiyalikliklar tarkibida 113 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol kiritdi va 5 ta golga assistentlik qildi.

Bosh sahifaga
211