Manba: Eldor Shomurodov "Yuventus"ga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 310

"Jenoa" klubi hujumchisi, hamyurtimiz Eldor Shomurodov "Yuventus"ga o'tishi mumkin. Bu haqda TuttoSport nashri xabar bermoqda.
Nashrga ko'ra, turinliklar Shomurodovni qishda o'z safiga qo'shib olishi ehtimoli bor. Manbaning qo'shimcha qilishicha, "Yuventus" Eldorni Morataga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.
Manba, shuningdek, Belotti "Milan"ga o'tishi mumkinligi haqida ham yozgan.

Bosh sahifaga
203