«Barselona» «Manchester Siti» himoyachisini bepul qo'lga kiritadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 207

«Barselona» klubi «Manchester Siti» himoyachisi Erik Garsiya bilan kelishuvga erishdi. Futbolchining Angliyadagi faoliyati muvaffaqiyatli kechmadi. Shu bois, u o'zi tarbiyalangan jamoa safiga qaytishga qaror qildi.
Jurnalist Fabritsio Romano xabar tarqatishicha, Garsiya yozda erkin aylangach, "Kamp Nou"ga ko'chib o'tadi. Ammo "ko'k-anorranglilar" yanvar oyidayoq uni qo'lga kiritishga urinib ko'rishadi va "Siti"ga 10 million evro taklif qilishdi. "Shaharliklar" esa ushbu taklifga rad javobini berishdi. "Barsa" esa bundan ortiq pul taklif qilmoqchi emas.

Bosh sahifaga
230