«Yuventus» yanvarda hujumchi sotib olmoqchi: nomzodlar ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 317

«Yuventus» qishki transfer paytida hujum chizig'ini kuchaytirishni maqsad qilmoqda. "Tuttosport" tarqatgan xabarga ko'ra, turinliklar Memfis Depay («Lion»), Diego Kostoy («Atletiko») va Divok Origi («Liverpul») kabi forvardlardan biriga to'xtalishadi.
Eslatib o'tamiz, Depayning jamoa bilan shartnomasi 2021 yilning yozida yakunlansa, Kosta kuni kecha "matraschilar" bilan shartnomani bekor qildi.
Origining agentlari esa futbolchining xizmatlarini Evropaning ko'p klublariga taklif qilishmoqda. Chunki u «Liverpul»da etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmayapti. Divok «Yuventus» va «Fiorentina»ga taklif etildi.

Bosh sahifaga
224