Messi va Suares 2022 yilda «Inter Mayami»ga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 288

«Barselona» sardori Lionel Messi va «Atletiko» forvardi Luis Suares faoliyatini bir jamoada davom ettirishi mumkin.
"Goal" tarqatgan xabarga ko'ra, argentinalik va urugvaylik futbolchilarga MLS'ning «Inter Mayami» klubi qiziqish bildirmoqda. Eslatib o'tamiz, ushbu klub xo'jayini «Manchester Yunayted» va «Real» klublari sobiq futbolchisi Devid Bekxem hisoblanadi. Ammo ushbu voqea 2022 yilning yozidan ertaroq ro'y bermaydi.
Messining «Barselona» bilan shartnomasi 2021 yilning yozida yakuniga etsa, Suares «Atletiko» bilan ikki yillik shartnomaga imzo chekkan. Avvalroq Lionel AQSh chempionatida o'ynash orzusi borligini aytib o'tgan edi.

Bosh sahifaga
183