«Yuventus» Kellinining o'rniga himoyachi qidirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 205

"Yuventus" klubi markaziy himoyachi Jorjio Kellinining o'rniga boshqa o'yinchi qidirmoqda.
36 yoshli futbolchi, katta ehtimol bilan, kelasi yilning yozida faoliyatini yakunlaydi. Shu bois, "keksa sinora" himoyani kuchaytirish haqida bosh qotirmoqda.
Calciomercato tarqatgan xabarga ko'ra, turinliklarning "short-list"iga Samyuel Umtiti ("Barselona"), Nikola Milenkovich ("Fiorentina"), Sokratis Papastatopulos ("Arsenal") va David Alaba ("Bavariya") kiritildi.
Milenkovich va Papastatopulos yozda erkin agentga aylanishini ta'kidlash lozim.

Bosh sahifaga
264