Diusse Italiya chempionatiga qaytishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1713

Frantsiyaning “Sent-Eten” klubi yarim himoyachisi Assan Diusse “A” Seriyaga qaytishi mumkin.
L'Equipe nashrining xabariga ko'ra, 21 yoshli futbolchi xizmatlariga “Kevo” klubi qiziqib qolgan. Jamoa futbolchini mavsum so'nggiga qadar ijaraga olmoqchi. Senegallik futbolchining “Sent-Eten” klubi bilan amaldagi shartnomasi 2022 yil yakuniga etadi.
Eslatib o'tamiz, Diusse 2017 yil 5 million evroga “Empoli”dan “Sent-Eten”ga o'tgan edi.

Bosh sahifaga
244