«Liverpul»ning qishki transfer oynasidagi asosiy maqsadi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 233

«Liverpul» bir yo'la ikki nafar markaziy himoyachisini uzoq muddatga yo'qotgach, transfer rejalarini tuzib chiqishga majbur bo'ldi.
The Athletic xabariga ko'ra, mersisaydliklarning yaqin vaqt ichidagi asosiy maqsadi «Leyptsig» himoyachisi Dayo Upamekano bo'lib turibdi. «Qizillar» 22 yoshli frantsiyalik futbolchini 2021 yilning yozida xarid qilishni maqsad qilgandi. O'sha vaqtga borib uning shartnomasida 40 million funt tovon puli borasidagi band faollashadi.
«Liverpul» short-listida yana uch nafar himoyachi bor. Ro'yxatdan «Brayton»ning 23 yoshli futbolchisi Ben Uayt o'rin olgan, biroq «Liverpul» himoyachini chet el klubidan sotib olish arzonga tushadi deb hisoblamoqda. Shu maqsadda Premer Liga amaldagi chempioni «Shalke-04»ning 20 yoshli turkiyalik o'yinchisi Ozan Kabak yoki «Torino»ning 23 yoshli braziliyalik himoyachisi Bremerni olib kelmoqchi.
Eslatib o'tamiz, «Liverpul»ning ikki asosiy markaziy himoyachilari Virjil van Deyk va Jo Gomes jiddiy jarohatlar tufayli uzoq muddatga safdan chiqdi. Shuningdek, ushbu pozitsiyani yopishi mumkin bo'lgan yarim himoyachi Fabinoda ham jarohat bor.

Bosh sahifaga
231