«Yuventus» va «PSJ» yozda Ronaldu va Neymarni o'zaro almashishlari mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 242

«Yuventus» 2021 yilning yozida hujumchi Krishtianu Ronalduni «PSJ» forvardi Neymarga almashishga urinib ko'radi. Bu haqda jurnalist Tankredi Palmeri xabar tarqatdi.
Har ikki yulduz futbolchining o'z klublari bilan shartnomalari 2022 yilning yozida yakuniga etadi. Ular bilan shartnomani uzaytirish ishlari esa og'ir kechmoqda. Bu esa yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz bilan bog'liq.
Ronalduning moliyaviy talabini qondira oladigan yagona klub — bu «PSJ». Turinliklar sport direktori Fabio Paratichi esa kelasi 36 yoshga kiradigan portugaliyalik futbolchini Neymarga almashish taklifini parijliklarga bermoqchi.
Ronaldu joriy mavsumda «Yuventus» safida barcha musobaqalar doirasida 6ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urdi va 4ta golga uzatma berdi.

Bosh sahifaga
215