«Borussiya»: Sancho qishda ham sotilmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 199

Dortmundning «Borussiya» klubi qishki transfer paytida ham yarim himoyachi Jeydon Sanchoni sotmoqchi emas. Bu haqda "Bild" xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, hattoki 120 million evro taklif etilsa ham germaniyaliklar futbolchini yanvar oyida qo'yib yuborishmaydi.
«Borussiya» yozgi transfer paytida 20 yoshli futbolchi uchun «Manchester Yunayted»dan 120 mln evro talab qilgan edi.
Sancho Bundesliganing o'tgan mavsumida 17ta gol urdi va 16ta golga uzatma berdi.

Bosh sahifaga
203