«Barselona» Dembelening yanvar oyidagi narxini belgiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 263

«Barselona» murabbiylar shtabi hujumchi Usmon Dembeleni o'z rejalariga kiritmayapti. Shu bois, frantsiyalik futbolchi qishda transferga qo'yilishi mumkin.
Sport.es tarqatgan xabarga ko'ra, kataloniyaliklar yanvar oyida futbolchini 50 million evroga sotib yuborishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, 23 yoshli futbolchi kuzda «Manchester Yunayted»ga o'tishi mumkin edi, ammo Usmon «Kamp Nou»ni tark etishni istamadi.
Dembelening «Barsa» bilan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar tuzilgan. Hujumchi o'tgan mavsumda jarohat tufayli bor-yo'g'i 9ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi.

Bosh sahifaga
214