Chicharito Frantsiya chempionatiga yo'l olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1922

Frantsiyaning "Monako" "Vest Hem" hujumchisi Xaver Ernandesni sotib olmoqchi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotiga ko'ra, monegaskliklar klubi futbolchi uchun inglizlar klubi talab qilayoyotgan 12 million evroni to'lashga tayyor.
Shuningdek, 30 yoshli futbolchining xizmatlariga "Valensiya" klubi ham qiziqish bildirmoqda. "Ko'rshapalaklar" Chicharito uchun 8 million evro to'lamoqchi.
Eslatib o'tamiz, futbolchi APLning joriy mavsumida 15 o'yinda maydonga tushdi va 4 gol urdi.

Bosh sahifaga
244