So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«MYu» Kantening agentlari bilan aloqaga chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 173
«Chelsi» yarim himoyachisi N`Golo Kante faoliyatini «Manchester Yunayted» klubida davom ettirishi mumkin. Mankunianliklar bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher 29 yoshli futbolchining ishqibozi hisoblanadi.
«MYu» rahbariyati Kantening agentlari bilan aloqaga chiqib, ularga o'z taklifini ma'lum qildi. Agar o'yinchi bu taklifga rozilik bildirsa, maosh borasida yo'qotishga uchraydi.
Avvalroq N`Golo Antonio Konte boshqaruvidagi «Inter»ga o'tishga qarshi emasligi borasi xabar tarqatilgan edi.
Kante 2016 yildan buyon «Chelsi» sharafini himoya qilib kelmoqda. Mavsum-2019/2020da u APL doirasida 22ta uchrashuvda maydonga 3ta gol urdi va 4ta sariq kartochka oldi. Uning "ko'klar" bilan shartnomasi 2023 yilga qadar tuzilgan.