«Monako» «Atletiko» hujumchisini ijaraga olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1373

Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Jelson Martinsh faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Cadena COPE xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, 23 yoshli futbolchini mavsum so'nggiga qadar “Monako” ijaraga olmoqchi.
Futbolchining matraschilar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilgacha mo'ljallangan. Joriy mavsum u 12 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.

Bosh sahifaga
212