Rasman: "Liverpul" Jota transferini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 168
"Vulverxempton" hujumchisi Diogu Jota rasman "Liverpul" a'zosiga aylandi. Bu haqda "qizillar" rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Manbaning xabariga ko'ra, futbolchi yangi jamoasi bilan 2025 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi. Jotaning transferi mersisaydilklarga 43 million evroga tushdi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq "Liverpul" Tyago Alkantara transferini e'lon qilgan edi.