Xadson-Odoi APL grandi safiga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2743

Londonning “Chelsi” klubi bilan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortgan hujumchi Kallum Xadson-Odoi Angliyada qolishi mumkin.
Sport Bild nashrining ma'lumotiga ko'ra, 18 yoshli iste'dodli futbolchi uchun kurashga “Liverpul” qo'shilgan.
Mersisaydliklar vakillari Xadsona-Odoining o'zi va uning agenti ishtirokida muzokaralar o'tkazganlar.
Forvardga asosiy nomzod sifatida “Bavariya” qayd etilmoqda. Shuningdek “Yuventus” hamda “RB Leyptsig” tomonidan qiziqish ham bor.

Bosh sahifaga
210