So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Tonali «Milan»ga qachon o'tishi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 159
«Breshiya» yarim himoyachisi Sandro Tonali chorshanba kuni ertalab tibbiy ko'rikdan o'tadi va «Milan» bilan shartnoma imzolaydi. Bu haqda "Tuttomercatoweb" va "Sportitalia" nashrlari xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, "rossoneri" 20 yoshli futbolchini dastlab 10 mln. evro evaziga ijaraga olib, kelasi mavsumda 15 million evroga sotib oladi. Shuningdek, "yangi Pirlo"ning keyingi transferidan breshiyaliklar yana 10 million evro miqdorida bonus olishi ko'zda tutiladi.
Eslatib o'tamiz, «Milan» Sandro uchun kurashda «Inter», «Yuventus», «Barselona» va «PSJ»ni ortda qoldirdi. Jumladan, kataloniyaliklar futbolchi uchun 60 million evro taklif qilishgan edi.
Tonali mavsum-2019/20da A seriya doirasida 23ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urdi va 5ta golga uzatma berdi. Uning «Breshiya» bilan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar tuzilgan.