UzBarca.Com - Barcelona Uzbekistan!
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Bonaventura «Fiorentina»da tibbiy ko'rikdan o'tish uchun etib keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 150
Italiya terma jamoasi yarim himoyachisi Jakomo Bonaventura tez orada «Fiorentina» a'zosiga aylanadi.
Jurnalist Nikolo Skira tarqatgan xabarga ko'ra, 31 yoshli futbolchining «Milan» bilan shartnomasi avgust oyi so'ngida yakuniga etdi va u 1 sentyabr kuni erkin agentga aylandi. Bonaventura bugun - 8 sentyabr kuni tibbiy ko'rikdan o'tish uchun «Fiorentina» safiga qo'shildi. U jamoa sharfini ushlagan holda suratga tushishga ham ulgurdi.
Jakomo tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tsa, «Fiorentina» bilan ikki yillik shartnoma imzolaydi. U yangi jamoasi safida 1,8 mln evro yillik maosh oladi.