So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«Sevilya» arzimagan pulga Evropa ligasi qahramonlaridan birini xarid qildiyo
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 237
"Sevilya" klubi darvozabon Yassin Bununi o'z safida olib qolishga qaror qilishdi. Andalusiyaliklar 29 yoshli posbonning transfer huquqini 4 million evroga "Jirona"dan sotib olishdi. Posbon bilan esa 4 yillik shartnoma imzolandi.
"Sevilya" marokashlik posbonni o'tgan yilning yozida ijaraga olgan edi. Yassin mavsumning aksariyat qismini asosiy darvozabon Tomash Vatslikning soyasida o'tkazgan bo'lsa, Evropaning ligasining so'nggi bosqichi qahramonlaridan biriga aylandi. Ayniqsa, "MYu"ga qarshi yarim final va "Inter"ga qarshi final uchrashuvlarida bir nechta seyvlar namoyish etib, jamoasining muvaffaqiyatiga sezilarli hissa qo'shdi. UEFA esa uni Evropa ligasi ramziy jamoasi safiga kiritdi.
U barcha musobaqalar doirasida 18ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol o'tkazdi va 12ta o'yinda darvoza daxlsizligini saqlab qoldi.
Eslatib o'tamiz, yozgi transfer paytida "Sevilya" 4 futbolchi — Suso, Oskar Rodriges, Ivan Rakitich va Yassin Bunu bilan shartnoma imzoladi.