So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«Yuventus» Kavani bilan aloqaga chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 180
«PSJ» klubi sobiq hujumchisi Edinson Kavani faoiyatini «Yuventus»da davom ettirishi mumkin. Hozirda urugvaylik futbolchi erkin agent maqomida, ammo hamon o'ziga jamoa topa olmadi. Edinson «Benfika»ga o'tishga yaqin turgandi, ammo lissabonliklar u talab qilgan maoshni to'lashga qodir bo'lmadilar.
"Sky Sport Italia" tarqatgan xabarga ko'ra, «Yuventus» Luis Suares va Edin Jeko bilan muzokaralar paytida qiyinchiliklarga duch kelgach, jamoa e'tiborini Kavaniga qaratdi.
Xususan, Suares hali «Barselona» bilan shartnomani bekor qilish bo'yicha kelishuvga erishib, Evropa ittifoqi pasportini olishi kerak. Kavanida esa Italiya pasporti mavjud. Jeko esa «Roma»dan ketishga tayyor emas.
Edinson Kavani hisobida A seriya doirasida 213ta o'yin va 112ta gol mavjud.