Sapata uchun yangi chaqiruv
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 5784

Italiyaning “Milan” klubi himoyachisi Kristian Sapata faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Janluka Di Martsio xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, kolumbiyalik futbolchi xizmatlariga “Fenerbaxche” klubi qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o'tamiz, Sapata 2012 yildan buyon “Milan” safida to'p surib kelmoqda. U 145 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urgan va 6 ta golga assistentlik qilgan.

Bosh sahifaga
191