Rasman. «MYu» Donni van de Bek bilan shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 246

«Ayaks» yarim himoyachisi Donni van de Bek «Manchester Yunayted» a'zosiga aylandi. Mankunianliklar 23 yoshli futbolchi bilan 5 yillik shartnoma imzolashdi. Shartnomada kelishuvni yana bir yilga uzaytirish ehtimoli ham nazarda tutilgan. Bu haqda "MYu" rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Niderlandiyalik futbolchi «Old Trafford»da 6 million evro yillik maosh oladi. "Qizil iblislar" "Ayaks" hisobiga 40 million evro o'tkazib beradi hamda van de Bekning ishtirokiga qarab bonuslar to'lab beradi.

Bosh sahifaga
383