So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Xaverts «Chelsi» uchun tibbiy ko'rikdan o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 165
«Bayer» yarim himoyachisi Kay Xaverts «Chelsi» tomon yana bir qadam tashladi. 21 yoshli futbolchi yakshganba kuni Londonda tibbiy ko'rikdan o'tdi. Bu haqda "Bild" xabar tarqatdi.
Dushanba kuni esa futbolchi Germaniya terma jamoasi ixtiyoriga jo'nab ketdi. Bundestimni Ispaniya va Shveytsariyaga qarshi Millatlar ligasi doirasidagi uchrashuvlar kutib turibdi. Jurnalist Fabritsio Romano tarqatgan xabarga ko'ra, Xavertsning transferi haqidagi e'lon hafta oxirigacha berilishi kutilmoqda.
Avvalroq «Chelsi» Kayning transferi uchun 80 mln evro to'lashi haqida xabar tarqatilgan edi. Yana 20 mln evro turli bonuslar shaklida berilishi ko'zda tutilmoqda.
Xaverts mavsum-2019/20da «Bayer» safida barcha musobaqalar doirasida 45ta uchrashuvda maydonga tushib, 18ta gol urdi va 9ta golga uzatma berdi.