UzBarca.Com - Barcelona Uzbekistan!
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Rasman. «Arsenal» Gabriel bilan shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 217
"Lill" himoyachisi Gabriel Magalyayns "Arsenal" safiga o'tdi. Bu haqda londonliklar rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Braziliyalik markaziy himoyachi "kanonirlar" bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekdi. OAVda tarqatilgan xabarga ko'ra, uning transferi "Arsenal" uchun 26 million evroga tushdi. 22 yoshli futbolchi yangi jamoasi safida 6-raqamda o'ynaydigan bo'ldi.
Gabrielning taqdimot marosimi onlayn rejimda o'tkazildi. Shuningdek, ushbu tadbirda jamoaning braziliyalik boshqa futbolchilari — David Luis va Villian ham ishtirok etishdi.
Gabriel 2017 yilning yanvar oyidan buyon "Lill" sharafini himoya qilib kelayotgan edi. Yakunlangan mavsumda u 34ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi.