Suares «Barselona»ni tark etishni istamayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 203

"Barselona" hujumchisi Luis Suares yozda jamoani tark etmoqchi emas. Bu haqda jurnalist Janluka Di Martsio xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, urugvaylik futbolchi shartnomaning oxirigacha "Kamp Nou"da qolmoqchi. U boshqa jamoa safiga o'tsa, maosh borasida yo'qotishga uchraydi.
"Barselona" uchun 33 yoshli futbolchining bir yillik maoshi 25 million evroga tushadi (soliqlar bilan birga). "Ayaks" esa Suaresga sof 3 million evro maosh taklif qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Luis Suaresning "ko'k-anorranglilar" bilan shartnomasi 2021 yilda yakuniga etadi. Jamoa yangi bosh murabbiyi Ronald Kuman hujumchini o'z rejalariga kiritmayapti.

Bosh sahifaga
225