«PSJ» Suaresga qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 197

«Barselona» hujumchisi Luis Suares jamoani tark etib, faoliyatini Frantsiyada davom ettirishi mumkin. Urugvaylik futbolchining xizmatlariga «PSJ» qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Sport.es xabar tarqatdi.
Avvalroq «Barselona» klubi yangi bosh murabbiyi Ronald Kuman futbolchiga qo'ng'iroq qilib, uni o'z rejalariga kiritmayotgani haqida ma'lum qildi. Shu bois, vaziyatni «PSJ» vakillari kuzatib borishmoqda.
«Ayaks» va «Yuventus» klublari parijliklarga raqobat ko'rsatishi mumkin. Luis Suaresning «Barselona» bilan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Bosh sahifaga
229