So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
17 yoshli futbolchi rasman «Barselona» safiga qo'shildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 273
"Las-Palmas" yarim himoyachisi Pedro Gonsales "Barselona" safiga kelib qo'shildi.
Aslida kataloniyaliklar o'tgan yilning sentyabr oyida laqabi Pedri bo'lgan futbolchini 5 million evroga sotib olib, u bilan 2 yillik shartnoma imzolashgan edi. Kelishuvga ko'ra, ushbu shartnoma endi kuchga kirdi va 17 yoshli futbolchi 2022 yilga qadar "Kamp Nou"da qoladi.
Pedri yakunlangan mavsumda "Las-Palmas" safida barcha musobaqalar doirasida 37ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urdi va 7ta golga uzatma berdi.
Pedrining tovon puli 100 million evro etib belgilandi. Ispaniyalik futbolchi asosiy jamoa safiga o'tkazilganidan keyin bu summa 4 baravar oshiriladi. Bundan tashqari, Pedri keyinchalik sotilsa, «Las-Palmas» uning 15 foiziga egalik qiladi.