UzBarca.Com - Barcelona Uzbekistan!
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«PSJ» Messi uchun kurashga qo'shildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 251
"Pari Sen-Jermen" klubi "Barselona" sardori Lionel Messiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "La Gazzetta dello Sport" xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, parijliklar yozgi transfer paytida Leoni qo'lga kiritishmoqchi. Shuningdek, argentinalik o'yinchiga "Manchester Siti" va "Inter" klublari qiziqish bildirgan edi.
Avvalroq Messi "Barselona" rahbariyatidan norozi bo'layotgani uchun jamoani tark etishi mumkinligi haqida xabar tarqatilgan edi.
Lionel yakunlangan mavsumda "Barselona" safida barcha musobaqalar doirasida 44ta o'yinda maydonga tushib, 31ta gol urdi va 26ta golga uzatma berdi. Uning "ko'k-anorranglilar" bilan shartnomasi 2021 yilda yakuniga etadi.