So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«Yuventus» «Arsenal» bilan futbolchi almashishni taklif qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 257
«Yuventus» klubi kam pul sarflab tarkibni kuchaytirish yo'llarini qidirishda davom etmoqda. Jurnalist Tankredi Palmeri tarqatgan xabarga ko'ra, «keksa sinora» o'z yarim himoyachisi Duglas Kostani «Arsenal» hujumchisi Aleksandr Lyakazettga almashishni taklif qildi.
Manbaga ko'ra, turinliklar ushbu rokirovkani ham Pyanich-Artur almashuvi sxemasidan amalga oshirishmoqchi. Ya'ni, futbolchilarning u klubdan bu klubga o'tishi bir vaqtda e'lon qilinadi, ammo tomonlar futbolchilarning transferi uchun alohida-alohida pul to'lashadi. Gap shundaki, bunda klubning xarajatlar bir necha mavsumga bo'linadi, olingan daromad esa jamoaning moliyaviy hisobotida darhol aks ettiriladi. Masalan, Pyanichning amaldagi narxi 13 million evroni tashkil etgan bo'lsa, klub uni 60 million evroga sotdi. Natijada turinliklar moliyaviy balansida 47 million evro foyda yuzaga keldi.
«Arsenal» hozirda «Yuve»ning taklifini o'ylab ko'rmoqda. Ammo Kostaning yuqori maoshi londonliklarni qanoatlantirmasligi mumkin.
2019/20 mavsumda Lyakazett "kanonirlar" safida barcha musobaqalar doirasida 39ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol urdi va 7ta golga uzatma berdi. Duglas Kosta esa "Yuventus" safida 29ta o'yinda ishtirok etib, 3ta gol va 7ta assistni amalga oshirdi.