So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«Inter» Messining transferi borasida rasmiy bayonot berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 285
"Inter" bosh direktori Juzeppe Marotta "Barselona" hujumchisi Lionel Messining "neradzurri" safiga o'tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga o'z munosabatini bildirdi.
Eslatib o'tamiz, tarqatilgan so'nggi xabarlarda, "Inter" kelasi yilning yozida argentinalik futbolchini bepul qo'lga kiritib, unga yillik maoshi 65 million evroga teng bo'lgan 4 yillik shartnoma taklif qilishi aytilgan edi.
"Messi "Inter"ga o'tadi? Vaziyatga real baho berish kerak. Bu transfer — shunchaki utopiya. Leo bizning safimizga qo'shilishini barcha istamoqda, ammo men fantaziyaga berilmoqchi emasman.
Albatta, u ajoyib futbolchi, ammo Leo "Barselona" safida o'ynamoqda. Ushbu shahar va mazkur jamoa unga ideal darajada mos keladi. O'ylashimcha, Messi faoliyatini o'sha erda yakunlaydi", – dedi Marotta "Sky Sport Italia"ga bergan intervyusida.