So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Aleksis Sanches «MYu»ga qaytmoqchi emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 262
Ijara asosida "Inter"da o'ynayotgan hujumchi Aleksis Sanches «Manchester Yunayted»ga qaytmoqchi emas.
"Daily Star" tarqatgan xabarga ko'ra, 31 yoshli futbolchi «qizil iblislar» rahbariyatiga «neradzurri» safida qolish niyati borligini ma'lum qilgan. Chililik futbolchining ijara shartnomasi 2 avgust kuni yakuniga etadi.
«Yunayted» bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher keyingi mavsumda Sanchesning xizmatidan foydalanmoqchi, ammo uning yirik miqdordagi maoshi (haftasiga 400 ming funt) rahbariyatga ma'qul kelmayapti.
«Inter» esa Aleksisning transferini sotib olish bo'yicha muzokara boshladi. Bu borada tomonlar kelishuvga erishishga yaqin turishibdi. Joriy mavsumda futbolchining 75% maoshini "MYu" to'layotgan edi. Milanliklar uning huquqini to'liq sotib olishsa, futbolchining maoshi hozirgiga nisbatan kamayadi.