So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Xaverts «Chelsi»da qancha maosh olishi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 257
«Bayer» yarim himoyachisi Kay Xaverts «Chelsi» bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishdi.
Jurnalist Nikolo Skira tvitter orqali tarqatgan xabarga ko'ra, 21 yoshli futbolchi bilan 5 yillik shartnoma imzolanadi. Germaniyalik futbolchining yillik maoshi 8 million evro teng bo'ladi hamda qo'shimcha bonuslar ham ko'zda tutiladi.
Endi «Chelsi» Xavertsning transferi borasida «Bayer» bilan kelishuvga erishishi kerak. Avvalroq londonliklar Kay uchun 100 mln evro to'lashi haqida ma'lumot tarqatilgan edi.
Xavertsning leverkuzenliklar bilan shartnomasi 2022 yilga qadar tuzilgan. Yakunlangan mavsumda futbolchi barcha musobaqalar doirasida 43ta o'yinda maydonga tushib, ularda 17ta gol urdi va 9ta golga uzatma berdi.