«Fulxem» «Chelsi» futbolchisi bilan kelishuvga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 5706

Londonning “Chelsi” klubi himoyachisi Gari Keyxill jamoani tark etishga yaqin.
Sky Sports nashrining xabariga ko'ra, futbolchi Klaudio Raneri boshchiligidagi “Fulxem”ga o'tishga yaqin turipti. Tomonlar transfer bo'yicha kelishuvga erishgan.
Eslatib o'tamiz, joriy mavsum Keyxill 7 ta o'yinda ishtirok etgan. Avvalroq futbolchi xizmatlariga Italiya klublari qiziqayotgani to'g'risida xabarlar tarqalgan edi.

Bosh sahifaga
221