So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Rasman. «Barselona» 16 yoshli hujumchi bilan shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 352
«Barselona» klubi «Rayo Valekano» hujumchisi Fabian Lutstsi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda "ko'k-anorranglilar" rasmiy sayti xabar tarqatdi.
16 yoshli futbolchi «Barsa» safiga bepul o'tdi va 3 yillik shartnoma imzoladi. U tomonlarning kelishuviga ko'ra yana 2 yilga uzaytirilishi mumkin.
«Real» ham Lutstsiga qiziqish bildirgandi, ammo «Barselona» tomonidan berilgan taklif manfaatliroq bo'ldi. Futbolchiga ko'proq maosh taklif qilishni esa madridliklar o'zlariga ep ko'rishmadi.
Lutstsi so'nggi paytlarda «Rayo»ning asosiy tarkibi bilan shug'ullanayotgan bo'lsa-da, asosiy jamoa safida o'yinda ishtirok etmadi. U «Rayo Valekano» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U o'z har bir yosh toifasidagi jamoada eng yaxshi to'purar bo'lgan.