UzBarca.Com - Barcelona Uzbekistan!
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«Yuventus» yozda 8 futbolchi bilan xayrlashishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 366
"Yuventus" klubi tarkibni yoshartirish maqsadida yozda 8 nafar futbolchini sotib yuborishi mumkin.
"Tuttosport" tarqatgan xabarga ko'ra, Luka Pellegrini, Kristian Romero, Mattiya De Shilo, Daniele Rugani, Sami Xedira, Blez Matyuidi, Federiko Bernardeski va Gonsalo Iguain yozda turinliklar safini tark etishi mumkin.
O'z navbatida "keksa sinora" 3 nafar hujumkor futbolchilari — Arkadiush Milik ("Napoli"), Federiko Keza ("Fiorentina") va Nikola Dzanolo ("Roma")ni sotib olishni ko'zlamoqda.
Eslatib o'tamiz, "Yuventus" A seriyaning 33-turidan keyin 77 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Jamoa 2-o'rindagi "Inter"dan 6 ochko oldinda bormoqda.