So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«Bavariya» Sanening transferini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 350
«Bavariya» klubi «Manchester Siti» yarim himoyachisi Leroy Sane bilan shartnoma imzolaganini rasman e'lon qildi.
24 yoshli futbolchi myunxenliklar bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Transfermarkt tarqatgan xabarga ko'ra, transfer summasi 49 million evroni tashkil qilgan. Shuningdek, "Siti" yana turli bonuslar shaklida 11 million evroni qo'lga kiritishi mumkin.
Sane kelasi haftadan boshlab "Bavariya" safida yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi.
«Bavariya» — o'z oldiga ulkan maqsadlar qo'ygan ajoyib jamoa. Yangi sinovlarda o'zimni sinab ko'rishni va jamoa bilan mashg'ulotlarda ishtirok etishni intizorlik bilan kutyapman. Germaniya yoshlar terma jamoasidagi faoliyatim orqali Xans Flikni yaxshi bilaman. U bilan munosabatlarimiz juda yaxshi edi. «Bavariya» bilan ko'proq sovrinlar yutishni istamayman. Chempionlar ligasi esa — bosh maqsad», — dedi Sane.