«Barselona» «Shalke»dagi himoyachisini muddatidan avval ortga qaytardi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 344

Joriy mavsumni "Shalke" klubida ijara asosida o'tkazgan "Barselona" himoyachisi Xuan Miranda muddatidan avval kataloniyaliklar safiga qaytdi. Aslida ijara shartnomasi ikki yilga mo'ljallangan bo'lib, klublar kelishuvni mazkur yozda bekor qilishga qaror qilishdi.
20 yoshli Miranda "Barsa" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2019 yilning yozida "Shalke" safiga o'tgan edi. Gelzenkirxenliklar safida u 12ta o'yinda maydonga tushib, bitta golga uzatma berdi. Uning "ko'k-anorranglilar" bilan shartnomasi 2023 yilga qadar tuzilgan.

Bosh sahifaga
237