So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Garay «Valensiya»ni tark etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 247
«Valensiya» klubi sardori va himoyachisi Esekel Garay jamoani tark etayotganini ma'lum qildi. Uning "ko'rshapalaklar" bilan shartnomasi bugun yakuniga etdi. Klub 33 yoshli futbolchi bilan shartnomani uzaytirishni istamadi.
Garay 2016 yildan buyon «Valensiya» sharafini himoya qilib kelayotgan edi. Ispaniyaliklar uni «Zenit»dan 24 mln. evroga xarid qilishgan edi.
«Men "Valensiya"ga cheksiz minnatdorchilik bildiraman. Katta oilaga rahmat aytaman. Bu erda o'tkazgan faoliyatimni hech qachon unutmayman», — deya yozdi Garay instagram orqali.
2019/20 yilgi mavsumda Garay «Valensiya» safida 23ta o'yinda maydonga tushdi. May oyida tomonlar yangi shartnoma borasida muzokara olib borishdi, ammo bir to'xtamga kela olishmadi.