UzBarca.Com - Barcelona Uzbekistan!
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Hakimiy Milanga uchib keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 298
«Real» himoyachisi Ashraf Hakimiy «Inter»ga o'tishga yaqin turibdi. Marokashlik futbolchi "neradzurri" safiga o'tish jarayonini yakunlash maqsadida Milan shahriga uchib keldi. Bu haqda "Football Italia" nashri xabar tarqatdi.
21 yoshli futbolchi bugun "Inter" safida tibbiy ko'rikdan o'tadi va shundan so'ng jamoa bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi. Milanliklar Hakimiy uchun "Real"ga 40 million evro to'lashadi. Shuningdek, yana 5 million evro bonuslar nazarda tutiladi.
Eslatib o'tamiz, Hakimiy so'nggi 2 mavsumni Dortmundning «Borussiya» klubi safida ijarada o'tkazdi. U joriy mavsumda Bundesliga doirasida 33ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urdi va 10ta golga uzatma berdi.