So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«Yuventus» Arturning transferi borasida «Barsa» bilan kelishuvga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 254
«Yuventus» klubi yarim himoyachi Arturning transferi borasida «Barselona» bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda "Sky Sports" xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, turinliklar futbolchi uchun 80 million evro taklif qilishdi. «Yuventus» esa Arturning o'ziga 5 million evro yillik maosh taklif qilib, uni ko'ndirishga urinmoqda (braziliyalik futbolchining «Barsa»dagi maoshi 3,2 mln evroga teng).
«Byankoneri» bosh murabbiyi Mauritsio Sarri jamoa o'yinini Artur atrofida tuzishni istamoqda.
O'z navbatida «ko'k-anorranglilar» «Yuve» yarim himoyachisi Miralem Pyanichni qo'lga kiritishni istamoqda. Italiyaliklar uni 70 million evroga baholashmoqda. Shuning uchun "keksa sinora" Artur uchun 10 million evro miqdorida mablag' to'lashga tayyor.