So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Sane «Manchester Siti»ni tark etishga qaror qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 273
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoa vingeri Leroy Sane yozda jamoani tark etishi mumkinligini tasdiqladi.
«Leroy shartnomani uzaytirishni istamayapti. Agar jamoan tark etmoqchi bo'lsa, bu holat mazkur yozda ro'y beradi yoki u shartnomasi yakunlanganidan keyin klub bilan xayrlashadi.
Sane shartnoma uzaytirish borasida taklifga rad javobini berdi. U boshqa jamoa safida o'ynashni istamoqda. Agar ushbu mavsum so'ngida klublar o'zaro kelisha olishsa, u ketadi. Aks holda shartnomasining oxiriga qadar safimizda qoladi», – dedi Gvardiola.
Eslatib o'tamiz, Sanega «Bavariya» qiziqish bildirmoqda. «Manchester Siti» uning transferi uchun 70 mln evro so'ramoqda. Germaniyalik futbolchining "shaharliklar" bilan shartnomasi 2021 yilning yozida yakuniga etadi.