So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
PSJ futbolchisi «Borussiya D»ga o'tadigan bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 356
PSJ himoyachisi Toma Mene tez orada Dortmundning «Borussiya» klubi o'yinchisiga aylanadi. Bu haqda jurnalist Nikola Skira Twitter’dagi sahifasida ma'lum qildi.
Unga ko'ra, «Borussiya» belgiyalik futbolchi bilan to'rt yillik shartnoma imzolaydi. Mene nemis klubiga erkin agent sifatida qo'shiladi.
Dortmund klubining ijara asosida harakat qilayotgan himoyachisi Ashraf Hakimiyning esa «Real»ga qaytishi ta'kidlanmoqda.
Avvalroq Mene PSJ bilan shartnomani uzaytirib, faoliyatini Frantsiyada davom ettirish niyatida ekanini aytgandi.
Ma'lumot uchun, 28 yoshli futbolchi 2016 yilda parijliklar safiga qo'shilgan. Mene koronavirus pandemiyasi sababli muddatidan oldin yakunlangan Frantsiya chempionatining 2019/20 yilgi mavsumida 16 ta o'yin o'tkazib, 1 ta golga assistentlik qildi.