Malkom «Barselona»dan ketishga qaror qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 6727

Malkom yaqin vaqt ichida “Barselona”ni tark etishi mumkin.
21 yoshli futbolchi yarim yildan so'ng Kataloniya klubini tark etishga qaror qildi deb xabar beradi Football Espana.
Malkom atrofidagi vaziyatni bir-qator Italiya va Angliya klublari kuzatib turibdi. Qolaversa ushbu futbolchi Xitoy klublaridan ham takliflar tushmoqda.
Eslatib o'tamiz, “Barselona” Malkomni “Bordo”dan 41 mln evro evaziga sotib olgan edi.
Ma'lumot o'rnida, braziliyalik futbolchi joriy mavsum Ispaniya chempionatida 5 ta o'yinda maydonga tushdi.

Bosh sahifaga
221