So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«Manchester Yunayted» Kulibali uchun jiddiy taklif yubordi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 268
«Manchester Yunayted» himoyachi Kalidu Kulibalining transferi borasida «Napoli»ga taklif yubordi. Bu haqda "Football Italia" xabar tarqatdi.
Mankunianliklar senegallik futbolchi uchun 80 mln evro taklif qildi. «Napoli» esa 100 mln evrodan kamiga sotmoqchi emas.
Ma'lumotlarga qaraganda, «Napoli» yozgi transfer paytida qayta qurishni amalga oshirmoqchi. Neapolliklar prezidenti Aurelio De Laurentis jamoaning hozir epoxasi yakuniga etmoqda, deb hisoblamoqda. Shuning uchun u bosh murabbiy Jennaro Gattuzoga yangi jamoani shakllantirish uchun imkon bermoqchi.
«Napoli» yozgi transfer paytida Arkadiush Milik, Allan, Kalidu Kulibali va Fauzi G'ulomni sotish evaziga 200 million evro daromad olmoqchi. Kulibaliga «Manchester Yunayted»dan tashqari «PSJ» va «Liverpul» klublari ham qiziqish bildirishmoqda.