«Yuventus» Pogbaning transferi bo'yicha muzokara boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 445

"Yuventus" klubi "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogbaning transferi borasida muzokaralarni boshladi. Turinliklar rahbariyati bu masalada frantsiyalik futbolchining agenti Mino Rayola bilan aloqaga chiqdi.
Ma'lumotlarga ko'ra, "keksa sinora" jamoani tark etishi kutilayotgan yarim himoyachi Miralem Pyanich va Adrian Raboning o'rnini Pogba bilan to'ldirmoqchi.
27 yoshli Pol 2012-2016 yillarda "Yuventus" sharafini himoya qilgan. Shundan so'ng u "MYu"ga transfer qilingan edi.

Bosh sahifaga
277