So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«Barselona» Kukurelyani ortga qaytarmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 433
«Barselona» klubi «Xetafe» yarim himoyachisi Mark Kukurelyani ortga qaytarmoqchi.
«Xetafe» 2019 yilning yozida 21 yoshli futbolchini keyinchalik 6 million evroga sotib olish huquqi bilan kataloniyaliklardan ijaraga olgan edi. Madridliklar aprel oyida ushbu huquqdan foydalanishdi va Kukurelyani to'liq sotib olishdi.
Ularning "Barsa" bilan tuzilgan shartnomasida "ko'k-anorranglilar" futbolchini 15 million evroga qayta sotib olish bandi kiritildi. Kataloniyaliklar yozgi transfer oynasi oyilgan paytda ushbu imkoniyatdan foydalanishmoqchi.
Mark Kukurelya "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U ushbu mavsumda «Xetafe» safida barcha musobaqalar doirasida 34ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va 5ta golga uzatma berdi.