«PSJ» Ikardining ijara muddatini uzaytirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 449

"Pari Sen-Jermen" klubi "Inter" hujumchisi Mauro Ikardini yana bir yil o'z safida olib qolmoqchi. Bu haqda "L’Equipe" nashri xabar tarqatdi.
Frantsiya chempioni badal puli 70 million evroga teng bo'lgan argentinalik futbolchini sotib olmoqchi emas. Parijliklar narxni 50 million evroga tushirishni yoki uning ijara muddatini yana bir yilga uzaytirishni mo'ljallashmoqda.
Avvalroq "Inter" Ikardini "Arsenal" hujumchisi Per-Emerik Obameyangga almashishi mumkinligi haqida xabar tarqalgan edi.

Bosh sahifaga
317