«Inter» Messini qo'lga kiritish yo'lini topdimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 373

Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinoning «Inter»dagi sobiq yordamchisi Joze Moraish «neradzurri» «Barselona» sardori Lionel Messini qo'lga kiritishi mumkinligini ta'kidladi.
«Buning iloji bor. «Inter» vitse-prezidenti Xaver Dzanetti hisoblanadi. Uning yordamida Messini Milanga olib kelish mumkin. Agar Leo yangi joyda o'zini sinab ko'rishni istasa, Dzanetti uni jamoaga olib kelishi mumkin.
Argentinaliklar uchun «Inter»ga o'tish, go'yoki, uyga yo'l olishdek gap. Chunki, "neradzurri" argentinaliklarni o'zgacha kutib oladi. Chuki, «Inter»ga o'tgan barcha argentinaliklar klubga katta muvaffaqiyat keltirishgan», — dedi Moraish.

Bosh sahifaga
228