«Roma» Pedroga yuqori maoshli shartnoma taklif qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 348

«Chelsi» yarim himoyachisi Pedro Rodrigesga hamon «Roma» klubi qiziqish bildirmoqda.
32 yoshli futbolchi yozda erkin agentga aylanadi. Shu bois, rimliklar u bilan shartnoma imzolash uchun jiddiy harakat qilishmoqda. "Bo'rilar" Pedroga 3 mln evroga yillik shartnoma taklif qilishdi.
Pedro 2015 yildan beri «Chelsi» safida o'ynamoqda. Ushbu mavsumda u barcha musobaqalar doirasida 18ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urdi va 3ta golga assistenlik qildi.

Bosh sahifaga
229